Янгиликлар
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnomani berish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — my.gov.uz) orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
9. Ariza beruvchilar my.gov.uz orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, my.gov.uz orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
14. Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) my.gov.uz orqali elektron shaklda yuboriladi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning so‘roviga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Angren shahar DXM katta mutaxassisi S.Shomizailxonov