Янгиликлар
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga solish” loyihasi joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga solish” loyihasi joriy etiladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–462-son, 29.12.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Prezidentga hisobdor boʻlgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:
???? Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
????qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar oʻtkazish yuklatiladi:
????maʼmuriy islohotlar oʻtkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini oʻrganish;
????konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yoʻnalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
????normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;
????korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini oʻrganish.
Qarorga koʻra, Institut tomonidan oʻtkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi boshligʻi I.Xatamov