Янгиликлар
Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi
Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi
“Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (3-son, 06.01.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.
Qishki sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari boʻyicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.
Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan oʻquvchilarning doimiy mashgʻulot oʻtkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega boʻlishi lozim.
Maʼlumot uchun: Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022-yil 1-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov