Янгиликлар
Oʻzingizga tegishli mol-mulk va yer soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qanday olishingiz mumkin?
Oʻzingizga tegishli mol-mulk va yer soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qanday olishingiz mumkin?
Buning uchun siz my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetingizga ERI orqali kirib “JSHlarning solishtirma dalolatnomalari” boʻlimidan hisoblangan, toʻlangan va mavjud soliq qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishingiz mumkin.
Elektron toʻlov tizimlari (“Click”, “Payme”, “Paynet”, “UPay”) orqali maʼlumot olishda oʻzingizning shaxsning identifikatsiya raqami (JSHSHIR) kiritiladi. Ilovadan qarzdorlik, joriy yil uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish hamda toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.Toʻlov tizimlari orqali mol-mulk soligʻi 66 kod boʻyicha, yer soligʻi 67 kod boʻyicha toʻlanadi.
Toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurgan holda aniqlash mumkin.Soliq toʻlovchilarga mol-mulk va yer soligʻini toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnoma har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soligʻini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlashi lozim.
Eslatma: Soliq kodeksing 421-moddasi boʻyicha I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mol-mulki 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etilgan. Ushbu kodeksning 436-moddasida koʻrsatilgandek, mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi B.Jumaboyev