Янгиликлар
KREDIT SHARTNOMASIDA SUBSIDIAR VA SOLIDAR JAVOBGARLIK
KREDIT SHARTNOMASIDA SUBSIDIAR VA SOLIDAR JAVOBGARLIK
Kredit shartnomasida kafilning javobgarligi subsidiar yoki solidar tarzda belgilanishi mumkin (shartnomada belgilanadi va bu xolat boʻyicha eʼtibor berish lozim.Shartnomani imzolayotganda bunga deyarli xech kim ahamiyat bermaydi na kreditor,na kafil).
Subsidiar javobgarlik belgilanganda bank avval qarzdordan qarzni undirish choralarini koʻrishi, imkoni boʻlmagandagina kafildan qarzni toʻlashni talab qilishi mumkin.Bu tartibda undirish asosiy qarzdorning (kredit olgan shaxs) qarzini,agar asosiy qarzdorning oʻzi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa yoki bajarishi mumkin boʻlmagan holda,qoʻshimcha javobgar (kafil) boʻlgan shaxsdan undiradi degani.
Solidar javobgarlik - sheriklikni, birgalikda harakat qilishni, biror bir vazifani, tadbirkorlik faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan oʻzaro kelishilgan xolda birgalikda amalga oshirish, bajarish majburiyatini olish, shuning bilan birga olingan majburiyat bajarilmagan taqdirda birgalikda yoki biri uchun ikkinchisi javob berish maʼnosini beradi.
Solidar javobgarlik belgilan taqdirda esa (bu eng koʻp qoʻllaniladigan holat.Xuddi xamirdan qil sugʻirgandek.Men oʻzim koʻrgan oxirgi uchta kredit shartnomasida solidar javobgarlik belgilangan) bank birdaniga qarzdor va kafildan qarzni toʻlashni talab qiladi. Koʻrinib turganizdek banklar oʻzi uchun qulay shaklni tanlaydi, deyarli doim kafilga solidar javobgarlik belgilovchi shartlarni belgilaydi. Yaʼni, qarzdor vaqtida qarzini toʻlamasa, bank kafildan ham qarzni toʻlashni talab qilish huquqiga ega boʻladi. Har qanday holatda ham kafil butun mol-mulki bilan kredit qarzi boʻyicha toʻliq javobgar boʻladi.
Koʻpchilik holatlarda banklar qulayroq undirish mexanizmini qoʻllashadi, kafilning bank kartasi (hisob raqami)dan kredit qarzini darhol undirib olishga kelishib olishadi. Bunda kredit toʻlovi vaqtida qarzdor qarzini toʻlmagan boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri kafilning hisob-raqamidan qarz yechib olaveradi.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi Sh.Usmonov