Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nikoh shartnomasi


Nikoh shartnomasi

Oila kodeksiga asosan er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.

Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonunchilikning normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.

 

Nurafshon shahar FHDY bo’limi mudirasi S.Jo’rayeva