Янгиликлар
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Savol: xodimni taʼtildan necha kundan keyin chaqirib olsa boʻladi?
Javob: Myehnat kodeksining 147-moddasiga koʻra, taʼtildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 143-moddasi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining taʼtiliga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Eʼtibor bering, birinchi muhim talab xodim rozi boʻlsagina taʼtildan chaqirib olish mumkin. Xodim ish beruvchining taʼtil tugamasidan ishga chiqish haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan bosh tortsa, buni mehnat intizomini buzish deb baholab boʻlmaydi.
Taʼtildan chaqirib olishning keyingi talablari MK 143-moddasi 5, 6, 7- qismlarida nazarda tutilgan. Unga koʻra taʼtil har yili, shu taʼtil berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga koʻra joriy yilda taʼtilni toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan taʼtilning 12 ish kunidan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmogʻi lozim.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga yillik taʼtilni, shuningdek ushbu Kodeksning 137-moddasida koʻrsatilgan yillik qoʻshimcha taʼtillarni bermaslik taqiqlanadi.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi boshligʻi I.Xatamov