Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar


Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar

Amaldagi Mehnat kodeksining 165-moddasiga ko’ra, xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Korxonalarning, muassasalarning yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini u senatorlik majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda ishdan ozod qilishi shart. Senatorlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati a’zosiga o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili beriladi, bundan qonunchilikda ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga har yilgi mehnat ta’tili, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov