Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori


Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar miqdori

Mehnat kodeksining 193-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘lanadigan zarar miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga va uning qaramog‘ida bo‘lgan, lekin zararni undirishga haqli bo‘lmagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarning ulushini chegirib tashlagan holda belgilanadi.

Zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan shaxslarning har biriga tegishli bo‘lgan zarar miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining mazkur shaxslarning hammasiga to‘g‘ri keladigan qismi ular soniga taqsimlanadi.

Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilgan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari sud tomonidan tayinlangan summa miqdorida belgilanadi;

agar ta’minot mablag‘i sud tartibida undirilmagan bo‘lsa, u holda zarar to‘lovlari ularning moddiy ahvoli hamda vafot etgan shaxsning hayotlik vaqtida ularga yordam ko‘rsatish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi.

Agar vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ham, uning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar ham ayni bir vaqtda zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lsalar, bunday holda zarar to‘lovlari miqdori avvalo marhumning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to‘lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so‘ngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun qoplanadigan zarar miqdori belgilanadi.

Boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va boshqa daromadlar qoplanadigan zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli bo‘lgan zararni qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizidan oz bo‘lishi mumkin emas.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi B.Jumaboyev