Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari


Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari

 

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra pensiyalarni qayta hisoblash pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, nogironlik guruhi o‘zgarganda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda hamda daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov