Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Mahallada adliya bo’limi xodimlari tomonidan sayyor qabul o’tkazildi


Mahallada adliya bo’limi xodimlari tomonidan

sayyor qabul o’tkazildi

 

2023 yilning 9 yanvari kuni Toshkent viloyat Toshkent tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Tadjibaev, adliya bo‘limi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.A.Shadiev va davlat xizmatlari markazi direktori F.A.Xusanboevlar tumandagi “Farovon” va “Uch chinor” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurib, ushbu mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv mahallalar fuqarolariga sovuq kunlarda muammoli masalalar, huquqiy savollar va tuman idoralaridan aniqlanishi kerak bo‘lgan yumushlari bilan ovora bo‘lib yurmasliklarini ta’minlash maqsadida uyushtirilgan bo‘lib, adliya bo‘limi mutaxassislari yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha, aniq va tushunarli qilib yo‘nalish va tushuntirishlar berishdi. Hujjatli o‘rganishlar talab qiladigan masalalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi xizmatlariga murojaat qilish to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

Fuqarolarimizni qiziqtirayotgan asosiy savollar, uy-joy uchun subsidiya olish, bolalari uchun nafaqa puli rasmiylashtirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish, maktab, bog‘chalarga joylashish bilan bog‘liq savollar, yer munosabatlari, meros, mulk ijarasini rasmiylashtirish kabi masalalarga doir bo‘ldi.

Yig‘ilganlarga shuningdek, Mobil ID elektron kaliti olish orqali barcha davlat xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalanish mumkinligi yuzasidan Hukumat qarori bilan yaratilayotgan imkoniyatlarning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish berildi. Uchrashuvlar har ikki mahalla ahllariga manzur bo‘ldi.

 

Toshkent tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Q.A.Shadiev