Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya xodimlari mahallalarda Mobil ID elektron kalitini olish yuzasidan tushuntirish berishdi


Adliya xodimlari mahallalarda Mobil ID elektron kalitini olish

yuzasidan tushuntirish berishdi

 

2023 yilning 10 yanvari kuni Toshkent viloyat Toshkent tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Tadjibaev, adliya bo‘limi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.A.Shodiev va davlat xizmatlari markazi direktori F.A.Xusanboevlar tumandagi “Ko‘k terak” va “Uch sada” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurib, ushbu mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv mahallalar fuqarolariga sovuq kunlarda muammoli masalalar, huquqiy savollar va tuman idoralaridan aniqlanishi kerak bo‘lgan yumushlari bilan ovora bo‘lib yurmasliklarini ta’minlash maqsadida uyushtirilgan bo‘lib, adliya bo‘limi mutaxassislari yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha, aniq va tushunarli qilib yo‘nalish va tushuntirishlar berishdi. Hujjatli o‘rganishlar talab qiladigan masalalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi xizmatlariga murojaat qilish to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

Fuqarolarimizni qiziqtirayotgan asosiy savollar, uy-joy uchun subsidiya olish, bolalari uchun nafaqa puli rasmiylashtirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish, maktab, bog‘chalarga joylashish bilan bog‘liq savollar, yer munosabatlari, meros, mulk ijarasini rasmiylashtirish kabi masalalarga doir bo‘ldi.

Yig‘ilganlarga shuningdek, Mobil ID elektron kaliti olish orqali barcha davlat xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalanish mumkinligi yuzasidan Hukumat qarori bilan yaratilayotgan imkoniyatlarning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish berildi. Uchrashuvlar har ikki mahalla ahllariga manzur bo‘ldi.

 

Toshkent tumani adliya bo’limi

davlat xizmatlari markazi boshlig’i

F.A.Xusanboevlar