Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya xodimlari mahallalarda yer munosabatlari, meros va mulk ijarasini rasmiylashtirish yuzasidan huquqiy tushuntirish berishdi


Adliya xodimlari mahallalarda yer munosabatlari, meros va mulk ijarasini rasmiylashtirish  yuzasidan huquqiy tushuntirish berishdi

2023 yilning 12 yanvari kuni Toshkent viloyat Toshkent tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Tadjibaev, inson huquqlarini ximoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi A.A.Narziev va davlat xizmatlari markazi direktori F.A.Xusanboevlar tumandagi “Iftixor” va “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurib, ushbu mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv mahallalar fuqarolariga sovuq kunlarda muammoli masalalar, huquqiy savollar va tuman idoralaridan aniqlanishi kerak bo‘lgan yumushlari bilan ovora bo‘lib yurmasliklarini ta’minlash maqsadida uyushtirilgan bo‘lib, adliya bo‘limi mutaxassislari yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha, aniq va tushunarli qilib yo‘nalish va tushuntirishlar berishdi. Hujjatli o‘rganishlar talab qiladigan masalalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi xizmatlariga murojaat qilish to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

Fuqarolarimizni qiziqtirayotgan asosiy savollar, uy-joy uchun subsidiya olish, bolalari uchun nafaqa puli rasmiylashtirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish, maktab, bog‘chalarga joylashish bilan bog‘liq savollar, yer munosabatlari, meros, mulk ijarasini rasmiylashtirish kabi masalalarga doir bo‘ldi.

Yig‘ilganlarga shuningdek, Mobil ID elektron kaliti olish orqali barcha davlat xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalanish mumkinligi yuzasidan Hukumat qarori bilan yaratilayotgan imkoniyatlarning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish berildi. Uchrashuvlar har ikki mahalla ahllariga manzur bo‘ldi.

Toshkent tumani adliya bo’limi

inson huquqlarini himoya qilish va

huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi

bosh masalahatchisi A.A.Narziyev