Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya xodimlari kam ta’minlangan va nogiron oila xonadoniga tashrif buyurib, uchrashuvlar o’tkazib ularga huquqiy tushuntirish berishdi


Adliya xodimlari kam ta’minlangan va nogiron oila xonadoniga tashrif buyurib, uchrashuvlar o’tkazib ularga huquqiy tushuntirish berishdi

 

2023 yilning 7 yanvari kuni Toshkent viloyat Toshkent tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.A.Tadjibaev va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Q.A.Shodievlar tumandagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.A.Inagamov bilan mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan yolg‘iz ona, insult bilan kasallanib yotgan, shu kunlarda farzandining to‘yi kutilayotgan nogiron F.Solixo‘jaevaning oilasiga tashrif buyurib, bemor va uning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Ularning nogironligi bo‘lgan va ko‘makka muxtoj fuqarolarning huquqlarini Uchrashuv mahallalar fuqarolariga sovuq kunlarda muammoli masalalar, huquqiy savollar va oxirgi kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilinayotgan o‘zgalar parvarishiga muxtoj fuqarolarga nisbatan ijtimoiy ko‘mak, ajratiladigan moddiy yordam pullari, ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar turlari bilan tanishtirib, ushbu qulayliklardan foydalanish maqsadida tegishli davlat idoralari xususan adliya bo‘limiga murojaat qilish imkoniyatlari mavjudligini tushuntirib o‘tdilar.

Ko‘makka muxtoj F.Solixo‘jaevaning davolanishi uchun homiylar va ko‘ngilli fuqarolar tomonidan yuborilgan moddiy yordamlar to‘g‘risida mahalla raisi eslatma berdi.

 

Toshkent tumani

adliya bo’limi boshlig’i

Sh.A.Tadjibaev