Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Sifatli va mukammal yuridik xizmat.


Sifatli va mukammal yuridik xizmat.

      Mamlakatimizda kuchli huquqiy davlat barpo etish, fuqrolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashda sifatli va mukammal yuridik xizmat muhim rol o’ynaydi. Tuman adliya bolimlari qoshida tashkil e’tilgan yuridik xizmat ko’rsatish markazlari e’sa barcha turdagi hujjatlarning qonuniyligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

      Prezidentimizning 2022 yil 18 martdagi PQ-173-son qarori -“Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatin yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq , 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich   yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan respublikadagi yuridik xizmati mavjud bo’lmagan davlat tashkilotlari va organlari faoliyatini ayniqsa, o’rta va quyi bo’g’inda huquqiy jihatdan ta’minlash, ularga sifatli va mukammal yuridik xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Mazkur markazlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatllash, qishloq xo’jaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish, oila va xotin-qizlar bo’limlari, davlat soliq inspeksiyalari, aholi bandligiga ko’maklashish markazlari, Davlat u umumiy o’rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poleklinikalariga yuridik xizmat ko’rsatilmoqda. Qolaversa, xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarininbg mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o’z vaqtida, har tomonlama samarali himoya qilinishi ta’minlanmoqda. Qabul qilinayotgan hujjatlar loyihalaridagi korrupsiyaviy omillar bartaraf qilinmoqda.

Shuni alohida ko’rsatish joizki, Quyi Chirchiq tumanida 52 ta davlat umumiy o’rta ta’lim maktablari, 24 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 ta ko’p tarmoqli markaziy poliklinika hamda 10 ta oilaviy shifoxona punktlari yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan qamrab olingan.

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tashkil e’tilgan kundan hozirgi kunga qadar jami 15500dan ziyod  hujjatlar kelib tushgan va huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan. Ulardan ichki buyruqlar 10500ni , shartnomalar 5000 dan ziyodni tashkil e’tadi. Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari to’rt nafarni tashkil e’tib, bu xodimlar tomonidan tuman hududida joylashgan 90 ta byudjet tashkilotlariga huquqiy xizmat ko’rsatiladi.

Xulosa qilib aytganda yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan davlat tashkilotlari organlari va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ijobiy ishlar samaradorligi o’z natijasini bermoqda.

Qyui Chirciq tuman adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuris konsul’ti, 3-darajali yurist                       T.S.Chegaboyev