Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari mazmun-mohiyati va ahamiyati


Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari mazmun-mohiyati va ahamiyati

 

Mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga qadar ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish surʼatlarini pasaytiruvchi, joylarda toʻplanib qolgan muammolarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlamayapti. Ijro etuvchi hokimiyat organlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, inspeksiyalar huquqiy maqomining ayrim holatlarda aniq chegaralab qoʻyilmaganligi ularning davlat apparatidagi aniq oʻrni va rolini aniqlash imkonini bermayapti. 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yoʻllagan murojaatnomasida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtishni taklif qilinishi, hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish koʻp, keraksiz shtatlar borligi, markazlashuv yuqori ekanligi, oqibatda bugungi murakkab masalalarga toʻgʻri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanayotganligi qayd etildi. Shuningdek, mazkur murojaatgomada davlatimiz rahbari davlat xizmatchilari sonini bosqichma-bosqich
30-35 foizga qisqarishi va iqtisod qilinadigan mablagʻlar ijtimoiy masalalarga yoʻnaltirilishini taʼkidlab oʻtdi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-dekabrdagi “Yangi oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmonining
11-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish boʻyicha taklifi maʼqullanishi belgilandi. Davlat organlarining sohaga oid boʻlmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi oʻrtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirildi. Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish hisobidan byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida 30 ga yaqin turdagi lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi,
70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat tashkilotlari tomonidan 60 dan ortiq hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

“Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshib, u orqali davlat idoralarining 130 dan ortiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiyadan iborat boʻladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlib, tarmoqqa kiruvchi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi. Bu esa oʻz navbatida, davlat organlarining bir-birini takrorlovchi funksiyasga barham beradi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-447-son Qarorining
3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanishi belgilandi. Bundan tashqari, mazkur qarorda belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan funksiyalar yagona reestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritilishi hamda vazirlik tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutilgan.

Yangi Oʻzbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani koʻrib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi ijrosini taʼminlash uchun dastur-ul amal boʻladi.

 

 

 

Qibray tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Abdusattorov Jaxongir Jalolovich