Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi (OʼRQ–814-son, 18.01.2023 y.)


Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi (OʼRQ–814-son, 18.01.2023 y.)

“Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonuniga kiritilgan qoʼshimchaga koʼra, aktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida saylangan kuzatuv kengashi aʼzosi mazkur yigʼilish bayonnomasida qaysi aktsiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi aʼzosi mustaqil aʼzo ekanligi koʼrsatilishi kerak.

Shuningdek, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi qonunga kiritilgan qoʼshimchaga koʼra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʼlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida 1 nafar mustaqil aʼzo kiritiladi.

Bunda mustaqil aʼzolikka nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tanlov asosida koʼrsatiladi.

Bundan tashqari, agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʼlsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʼlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʼyicha subsidiar javobgar boʼladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʼtgach kuchga kiradi.

Bekobod shahar adliya bolimi boshligi   X.Bibayev