Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kredit shаrtnomаsidа subsidiаr vа solidаr jаvobgаrlik


Kredit shаrtnomаsidа subsidiаr vа solidаr jаvobgаrlik

 

Kredit shartnomasida kafilning javobgarligi subsidiar yoki solidar tarzda belgilanishi mumkin (shartnomada belgilanadi va bu xolat boʼyicha eʼtibor berish lozim.Shartnomani imzolayotganda bunga deyarli xech kim ahamiyat bermaydi na kreditor,na kafil).

Subsidiar javobgarlik belgilanganda bank avval qarzdordan qarzni undirish choralarini koʼrishi, imkoni boʼlmagandagina kafildan qarzni toʼlashni talab qilishi mumkin.Bu tartibda undirish asosiy qarzdorning (kredit olgan shaxs) qarzini,agar asosiy qarzdorning oʼzi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa yoki bajarishi mumkin boʼlmagan holda,qoʼshimcha javobgar (kafil) boʼlgan shaxsdan undiradi degani.

Solidar javobgarlik - sheriklikni, birgalikda harakat qilishni, biror bir vazifani, tadbirkorlik faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan oʼzaro kelishilgan xolda birgalikda amalga oshirish, bajarish maj­buriyatini olish, shuning bilan birga olingan majburiyat bajaril­magan taqdirda birgalikda yoki biri uchun ikkinchisi javob berish maʼnosini beradi.

Solidar javobgarlik belgilan taqdirda esa (bu eng koʼp qoʼllaniladigan holat.Xuddi xamirdan qil sugʼirgandek.Men oʼzim koʼrgan oxirgi uchta kredit shartnomasida solidar javobgarlik belgilangan) bank birdaniga qarzdor va kafildan qarzni toʼlashni talab qiladi. Koʼrinib turganizdek banklar oʼzi uchun qulay shaklni tanlaydi, deyarli doim kafilga solidar javobgarlik belgilovchi shartlarni belgilaydi. Yaʼni, qarzdor vaqtida qarzini toʼlamasa, bank kafildan ham qarzni toʼlashni talab qilish huquqiga ega boʼladi. Har qanday holatda ham kafil butun mol-mulki bilan kredit qarzi boʼyicha toʼliq javobgar boʼladi.

Koʼpchilik holatlarda banklar qulayroq undirish mexanizmini qoʼllashadi, kafilning bank kartasi (hisob raqami)dan kredit qarzini darhol undirib olishga kelishib olishadi. Bunda kredit toʼlovi vaqtida qarzdor qarzini toʼlmagan boʼlsa, toʼgʼridan-toʼgʼri kafilning hisob-raqamidan qarz yechib olaveradi.

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov