Янгиликлар
Talabnomaning iste’molchilar uchun ahamiyati
Talabnomaning iste’molchilar uchun ahamiyati
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisida”gi Nizomning 43-bandiga asosan “isteʼmolchi kredit shartnomasi boʼyicha qarzning asosiy summasini qaytarish va (yoki) foizlarni toʼlash muddatlarini buzganda, bank tegishli kredit shartnomasida nazarda tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʼz talabnomasini isteʼmolchiga yetkazadi” degan qoida bor
Lekin bu qoida amaliyotda kamdan kam uchraydi. Odatda bank telefon qilib ogʼzaki tarzda qarzdorlik boʼyicha ogoxlantirish beradi tamom. Oddiy va oson usullardan.Kimga ham kerak ortiqcha qogʼozbozlik,ovvoragarchilik, pochtama-pochta yur va hakozo.
Shuning uchun ham baʼzi kredit shartnomalarida talabnoma qismini qoʼshishmaydi va xohlashmaydi.Sabab sudda muammoga duch kelmaslik uchun.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov