Янгиликлар
Xodimlarning asosiy huquqlaridan biri bu oʼz mehnati uchun qonunchilikda Mehnatga haq toʼlash yagona tarif stavkasining birinchi razryadi boʼyicha belgilanganidan oz boʼlmagan miqdorda haq olish sanaladi va bu huquq Mehnat kodeksining 16-moddasida mustahk
Xodimlarning asosiy huquqlaridan biri bu oʼz mehnati uchun qonunchilikda Mehnatga haq toʼlash yagona tarif stavkasining birinchi razryadi boʼyicha belgilanganidan oz boʼlmagan miqdorda haq olish sanaladi va bu huquq Mehnat kodeksining 16-moddasida mustahkamlangan. Shuningdek, Mehnat kodeksining 154-moddasiga koʼra ish beruvchi oʼzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʼrsatilgan muddatlarda yaʼni har yarim oyda kamida bir marta toʼlashi shart.
Ushbu moddaning mazmuniga koʼra xodim oʼzining bajargan ishi uchun ish beruvchining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar haq olishi lozim. Bunda qonun chiqaruvchi “bajargan ishi” tushunchasi qoʼllash orqali xodimning mehnat shartnomasida yoki lavozim yoʼriqnomasida belgilangan ishni nazarda tutgan deb hisoblashimiz mumkin. Ushbu norma ish beruvchiga xodimlarga ish haqi toʼlash majburiyatini yuklaydi.
Bundan tashqari yuqoridagi kodeks 188-moddasiga koʼra xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʼayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga toʼlashi shart.
Аgar ish beruvchi mazkur majburiyatni bajarmasa, unga ish beruvchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (yaʼni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Shuning uchun bu vaziyatda tuman adliya boʼlimiga murojaat qilish lozim.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov