Янгиликлар
Xodimlarning ta’lim olishi
Xodimlarning ta’lim olishi
Mehnat kodeksi 248-moddasiga ko’ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar. Demak, e’tibor bering ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotgan xodimlar ta’til, qisqartirilgan ish haftasi, yo’l kira bo’yicha imtiyozlarga ega. Batafsil Mehnat kodeksi 248-258-moddalariga qarang. Kontrakti to’lab berilsin degan joyi yo’q. Lekin MK 4-moddasiga ko’ra, qonun hujjatlaridagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
Demak, agar korxonaning ichki local hujjatlarida, masalan, jamoa shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida xodimning ta’limi uchun kontrakt summasini to’lab berish nazarda tutilgan bo’lsa, u holda ish beruvchi to’lab beradi. Aks holda ish beruvchi xodimning kontrakt pulini to’lab berishga majbur emas.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov