Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qanday holatlarda homilador ayollar va uch yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin?


Qanday holatlarda homilador ayollar va uch yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin?

Mehnat kodeksining 237-moddasiga koʼra, homilador ayollar va 3 yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.

Eʼtibor bering, 237-modda faqat ish beruvchining tashabbusi bilan yaʼni MK 100-moddasi bilan bekor qilishni taqiqlamoqda (korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno). Quyidagi boshqa asoslar bilan homilador ayollar va 3 yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

- Taraflarning kelishuviga koʼra (Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-bandi). Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Аsosiy shart ish beruvchi va xodimning oʼzaro kelishuvidir. Tomonlardan biri rozi boʼlmagan taqdirda ham, mehnat shartnomasini ushbu asos bilan bekor qilib boʼlmaydi.

- Xodimning tashabbusi bilan bekor qilish (Mehnat kodeksining 99-moddasi).

- Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin (Mehnat kodeksining 89-moddasi).

- Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish(Mehnat kodeksining 105-moddasi).

Diqqat! Mehnat kodeksining 237-moddasi 2-qismi talabiga koʼra, muddati tugagani sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish beruvchi homilador ayollar va 3 yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollarni ishga joylashtirishi shart. Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.

Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bogʼliq boʼlmagan holatlar boʼyicha bekor qilinishi (Mehnat kodeksining 106-moddasi). Masalan, xodimning vafoti munosabati bilan, xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan boʼlsa, shuningdek xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yoʼllangan taqdirda va boshqa holatlar.

         Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga koʼra (Mehnat kodeksining 97-moddasi 5-bandi).

Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish toʼgʼrisidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning oʼrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʼlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yoʼl qoʼyiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.

Masalan, xodimni bosh buxgalter lavozimiga ishga olish jarayonida mehnat shartnomasiga bosh buxgalter korxonadagi moliyaviy intizomni taʼminlay olmasa ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga egaligi haqida band kiritilgan boʼlsa, bosh buxgalter bilan mehnat shartnomasi uning homiladorligi yoki uch yoshga toʼlmagan bolasi borligiga qaramasdan bekor qilinishi mumkin.

Yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov boʼyicha oʼtmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan

(Mehnat kodeksining 97-moddasi 6-bandi).

 

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov