Янгиликлар
Yangi mehnat kodeksiga ko`ra mehnat daftarchasi
Yangi mehnat kodeksiga ko`ra mehnat daftarchasi
Yangi mehnat kodeksi 124-moddasiga (Ishga qabul qilish chogʼida talab etiladigan hujjatlar) ko’ra, ishga qabul qilish chogʼida ishga kirayotgan shaxs oxirgi ish joyi boʼyicha tasdiqlangan qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʼchirmani taqdim qiladi, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. Oʼrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining oʼrniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
Bilamizki, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etilgan. Ya'ni 2020-yil 1-yanvardan keyin 1-marta ishga kirganlar mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqat xodimning elektron mehnat daftarchasiga kiritiladi. Qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchasiga ega bo'lgan xodimlardan esa oxirgi ish joyi boʼyicha tasdiqlangan qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchalari talab qilinadi.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov