Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?


Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?

 

Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga 5 kun kifoya ekanligidan-chi?

 

Hozirgi kunda fuqarolarimiz o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida onlayn xususiylashtirish imkoniyatiga ega (https://my.gov.uz/uz/service/313) (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

 

Xizmatdan foydalanishda:

 

Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

 

Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun fuqaro my.gov.uz portaliga kirib:

 

- tegishli xizmatni tanlaydi

-bo‘sh katakka kadastr raqamini yozadi

-o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi

-yakunida to‘lovni amalga oshiradi.

 

Bunda:

Arizani ko‘rib chiqish uchun – 27000 so‘m (0.09 БҲМ)

Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

 

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova