Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma


O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevral “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to’g’risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi davlat xizmatini ko’rsatuvchi subyekt hisoblanadi. Murojaatlar “Litsenziya”AT license.gov.uz yoki yagona interaktiv xizmatlar portal (YIDXP) my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Ushbu xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Arizani ko’rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun-BHMning 10% miqdorda, Tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun- BHMning 20%, Xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig’im undiriladi.

Ariza 15 ish kunida ko’rib chiqiladi.

 

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi M.Abdraimov