Янгиликлар
1-yanvardan nimalar oʻzgaradi?
1-yanvardan nimalar oʻzgaradi?
2023-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston qonunchiligida ayrim oʻzgarishlar roʻy beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bogʻliq qismlarini eslatib oʻtamiz.
Tadbirkorlarni tekshirishi tartibi oʻzgarmoqda
Nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish taqiqlanmoqda.
Statistika hisobotlarining yangi shakllari kuchga kirmoqda, ayrimlari oʻz kuchini yoʻqotmoqda
2023-yil uchun 100 dan ziyod statistika hisoboti shakllari kuchga kirmoqda.
Statistika hisobotining 9 ta shakli va buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinmoqda.
Pensiya hisoblash tartibi oʻzgarmoqda
Yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobarigacha oshirish koʻzda tutilmoqda.
Advokatlik litsenziyasi onlayn rasmiylashtiriladi
Litsenziya olish uchun arizalar “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish kuni va bayram kunlaridan qatʼi nazar yuborilishi mumkin.
Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olgan shaxslar JSHDSdan ozod etiladi
Dastlabki badalning va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari JSHDSga tortilmaydi. Ushbu imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi
“E-patrul” tizimi joriy etiladi
Bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Barcha maʼlumotlar onlayn tekshiriladi, patrul xodimlarining faoliyati esa bodikamera orqali qayd etiladi.
Angren shahar DXM katta mutaxassisi S.Shomizailxonov