Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AJRIMLARNING OLDINI OLISHDA MEDIATSIYA USULI QANDAY?


AJRIMLARNING OLDINI OLISHDA MEDIATSIYA USULI QANDAY?

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi, oʻzaro mojarolar, ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masala.
Ushbu dolzarb  mavzu yuzasidan  Margʻilon shahar  hokimligida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyat  adliya boshqarmasi vakillari, FHDY organlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari faollari ishtirok etdi.
Respublika yuristlar  malakasini oshirish markazi dotsenti Sevarxon Maripova nizoli vaziyatlar va shu qatori, ajrimlarning  oldini olishda zamonaviy mediatsiya usulidan keng  foydalanish zarurligini  taʼkidladi.
Mediatsiya – kelib  chiqqan  nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy  roziligi asosida mediator  koʻmagida hal qilish  usuli.
Taʼkidlandiki, ajrimlarning oldini olishda  mediatsiya usulidan keng  foydalanish  yaxshi natija beradi.    
Bu usul – maxfiylik,ixtiyoriylik,taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.  
Targʻibot tadbiri davomida ajrimlarning oldini olish, nizoli vaziyatlarni ijobiy hal etishga oid bir  qator usullar, amaliyotdan oʻtgan yoʻnalishlar tavsiya etildi. Hayotiy misollar yordamida ajrim yoqasida turgan oilalarni mediatsiya usulida kelishtirish, yarashtirish  usullari ochiqlandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonuni 2018-yilning 12-iyunida  Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan  qabul  qilingan va 2019-yil 1-yanvardan  kuchga kirgan.

 

 

                                                                           Abdulaziz KAZIMBAYEV,

Quyi Chirchiq tuman adliya     bo’limi yetakchi maslahatchisi