Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

BIR MARTALIK MODDIY YORDAM KIMLARGA AJRATILADI?


BIR MARTALIK MODDIY YORDAM KIMLARGA AJRATILADI?



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli qarorning 1-bandida 2022 yil 1 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining ko‘rsatib o‘tilgan hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinganligi, qarorning 1-ilovasida vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari faoliyati tashkil etiladigan xorijiy davlatlar hududlari ro‘yxati belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining 20ta viloyat (oblast) ko‘rsatilgan.

Mazkur qarorning 8-bandida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablag‘lari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yo‘llanmalar berilishi nazarda tutilgan bo‘lib unga ko‘ra, yordam pullari berish uchun dastlab yordam pullari va yo‘llanmalar mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar «Labor migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tegishli hujjatlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuborilganligi hamda yordam pullari Federatsiyaning jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi ta'minlandi.

 

 

                                                                           Abdulaziz KAZIMBAYEV,

Quyi Chirchiq tuman adliya     bo’limi yetakchi maslahatchisi