Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom

3-bobiga ko’ra Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun to‘lov hisob-kitobi quyidagi sabablar bilan bolaning bogʼchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʼlangan toʼlovlar keyingi toʼlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;

karantin holatida boʼlganligi tufayli;

ota-onalardan birining ishdan (oʼqishdan) boʼsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʼra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʼlov miqdoriga koʼpaytirilib, keyingi toʼlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

Аgar bolaning kelmagan kunlari uchun toʼlov hali amalga oshirilmagan boʼlsa, toʼlanishi lozim boʼlgan toʼlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʼlov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʼchaga qatnashi butunlay toʼxtatilgan taqdirda, toʼlov toʼliq boʼlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʼchaga qatnagan kunlar uchun toʼlanadi.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i               X.Bibayev