Янгиликлар
Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infektsiyasi boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayoni elektronlashtiriladi
Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infektsiyasi boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayoni elektronlashtiriladi
“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi
Qaror bilan Аholi orasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027 yillarga moʼljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
aholi orasida OIV infektsiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini soʼnggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFА) bilan uzluksiz taʼminlash;
migrantlarni OIV infektsiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish;
OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infektsiyali onalardan tugʼilgan 6 oylikkacha boʼlgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz taʼminlash;
OIV infektsiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
Qarorga koʼra, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infektsiyasi boʼyicha majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yoʼlga qoʼyish maqsadida:
2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;
2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari oʼrtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi.
2023 yil yakunigacha OIV infektsiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.
Bekobod shahar FHDY bo’limi mudirasi M.Fayziyeva