Янгиликлар
Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulьmonologiya boʼlimlari tashkil etiladi
Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulьmonologiya boʼlimlari tashkil etiladi
“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga koʼra:
tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya boʼlimlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya boʼlimlari tashkil etiladi;
viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulьmonologiya markazlariga oʼtkaziladi;
tungi uyqu sifati va nafas olish funktsiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.
2023 yildan har yili:
latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha;
latent tuberkulyoz infektsiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha;
tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning oʼzida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha;
tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash 18 ming nafargacha yetkaziladi.
2023 yil 1 martgacha:
tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʼlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʼyxati tuziladi;
Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.
“Oʼpka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy koʼrik doirasida skrining tadbirlari oʼtkaziladi.
Qarorga koʼra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023–2026 yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov