Янгиликлар
Qonunchilikka koʼra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʼtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Davlat bayrogʼi, gerbi yoxud madhiyasi toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish:
fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming soʼmgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming soʼmdan 2,1 mln soʼmgacha) miqdorda;
Takroran sodir etiladigan boʼlsa:
fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʼmdan 1,5 mln soʼmgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʼmdan 3 mln soʼmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Shuningdek, Davlat bayrogʼi, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:
BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʼmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i X.Bibayev