Янгиликлар
BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH TARTIBI
BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH TARTIBI
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga asosan tartibga solinadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar yani ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.
Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi va tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
Ko‘p bolali oilalarning bolalari;
Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
Talabalar va pedagoglarning bolalari;
Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bekobod shahar adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi dikertori Murodqosim Murmatov