Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Tugʼilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas


Tugʼilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas

 

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tugʼilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʼlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tugʼilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola roʼyxatga qoʼyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʼlimi, navbatga qoʼyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʼlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYo boʼlimi tugʼilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʼyilgan tugʼilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu maʼlumotnoma tugʼilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Tugʼilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo boʼlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Otalik belgilash va yolgʼiz ona arizasiga asosan tugʼilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʼilishini qayd etishda bevosita FHDYo boʼlimiga murojaat qilinishi lozim.

Maʼlumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

 

Bekobod shahar FHDYo bo’limi mudirasi            M.Fayziyeva