Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Direktor oʼrinbosаrlаrigа qаndаy rаgʼbаtlаntirish turlаri bor?


Direktor oʼrinbosаrlаrigа qаndаy rаgʼbаtlаntirish turlаri bor?

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 yildagi PF-6108-son Farmoni 7-bandiga asosan umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʼqishga kirish hamda ishga joylashish koʼrsatkichlari asosida direktor jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorida ragʼbatlantiriladi:

➖ oʼquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori oʼrinbosarlari — 6 baravardan;

➖ oʼquvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktori oʼrinbosarlari — 4,5 baravardan;

➖ oʼquvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktori oʼrinbosarlari — 3 baravardan ragʼbatlantiriladi.

Yuqoridagi holatda direktor oʼrinbosarlari moddiy ragʼbatlantirish olishga haqli.

Hozircha oʼrinbosarlarga bundan boshqa ragʼbatlantirish turlari mavjud emas.

 

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov