Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oʼquv yili oʼrtаsidа oʼqituvchini mukofotlаsh mumkinmi?


Oʼquv yili oʼrtаsidа oʼqituvchini mukofotlаsh mumkinmi?

Yoʼq, endilikda faqat 1-oktabrdagina xodimga mukofot puli yozilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining oʼrnak koʼrsatgan xodimlarini ragʼbatlantirishning direktor jamgʼarmasini tashkil etish va uning mablagʼlaridan foydalanish tartibi toʼgʼrisida”nizomning 29-bandiga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori asosida kiritilgan oʼzgarishga koʼra umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat
“1-oktyabr — Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʼarmaning mavjud mablagʼlari hisobidan mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining
50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Shuning uchun hozirda xodimlarga mukofot puli berib boʼlmaydi.

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov