Янгиликлар
Inson huquqlarini himoya qilishda adliya organlarining roli.
Inson huquqlarini himoya qilishda adliya organlarining roli.
Inson huquqlari -davrimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Har qanday mamlakatning demokratik xususiyatlarini koʻrsatuvchi shartlardan biri ham inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgani bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining adliya organlari inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash tizimida muhim ahamiyat kasb etib, huquqni qoʻllovchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sirasiga kiradi.
Fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida va lozim darajada koʻrib chiqilishi hamda hal qilinishi inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning asosidir.
Bu borada tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manatlarini himoya qilishda bir qancha vzifalar amalga oshirib kelinmoqda.
Tuman adliya Adliya boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtgan yil mobaynida fuqarolarning 500 dan ortiq murojaatlari qabul qilinib, 75 foizdan ortigʻi qanoatlantirilib, ularning poymol qilingan huquqlari tiklanib, 900 mln soʻmdan ortiq ish haqlari undirib berildi.
Prezidentimiz farmonlariga koʻra yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYO organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda tuman adliya boʻlimlari tuzilmasiga va boʻysunuviga oʻtkazilib, fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, fuqarolik xolatlari dalolatnomalarini yozishda va davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatishda kelib chiqayotgan muoammolar joyida hal etilib, fuqarolarning mushkullari osonlashmoqda.
Xulosa qilib aytganda, adliya organlari xodimlari Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan insonlarning huquq va erkinliklarini yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muammolarini chuqur oʻrganib, uning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni oʻzining asosiy va ustuvor vazifasi deb biladi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
inson huquqlari va huquqni qoʻllash
amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi
yetakchi maslahatchisi
A.Niyozov