Янгиликлар
Yangi mehnat kodeksi fuqarolarga qanday imkoniyatlar beradi?
Yangi mehnat kodeksi fuqarolarga qanday imkoniyatlar beradi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-oktyabrda Mehnat kodeksining yangi tahriri imzolanib, 2023-yil 28-apreldan boshlab kuchga kirishi, shu munosabat bilan 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi ham 2023-yil 28-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotishi belgilangan.
Mehnat nizolari - bu ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
yaʼni mehnat Kodeksi talablariga koʻra, Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Bunda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga, 14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar, “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim tashkilotlarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar va hokoza boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalar kiradi.
Bundan tashqari, Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, yillik asosiy taʼtil muddati 21 kalendar kun qilib belgilanmoqda.
Yillik asosiy mehnat taʼtilining eng kam miqdori 21 kalendar kunni tashkil etadi.Amaldagi tartibga koʻra 15 ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.
Xodimlarga bitta tashkilotda ishlagan har 5 yil 2 kalendar kun biroq, jami 8 kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.
Shuningdek mazkur kodeksga koʻra, xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnatga oid boshqa hujjatlarda, ular boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berish imkoniyati shuningdek, bunday taʼtil berilishi majburiy boʻlgan holatlar nazarda tutilishi mumkin.
Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berish va uning davomiyligi toʻgʻrisidagi masala taraflarning kelishuviga koʻra hal etiladi.
Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtillarda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
inson huquqlari va huquqni qoʻllash
amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi
bosh maslahatchisi G.X.Sodiqova