Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) “Tonirovka”ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali koʻrsatiladi


Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) “Tonirovka”ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali koʻrsatiladi

 

 

“Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 465-son, 28.07.2021-yil qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi. Qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Toʻlov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda (toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda) va/yoki soʻrovnomada maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan taqdirda, soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqda ariza beruvchiga onlayn rejimda avtomatik tarzda elektron shaklda javob qaytariladi. Boshqa asoslarga koʻra ruxsatnoma berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi. YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.

 

 

      

                                                                                       Boʻka tuman Davlat xizmatlari

markazi boʻlim boshligʻi Dilfuza Axmedova