Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Litsenziyalash tartiblari soddalashtirildi


                

 

                              Litsenziyalash tartiblari soddalashtirildi

Maʼlumki, mamalakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar tizimini shakllantirish va bu borada ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni            bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu yoʻnalishda ischil siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bu soha faoliyatini ishonchli himoya qilishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan boʻlib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan milliy qonunchilik bazasi tadbirkorlik faoliyati mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida oʻz ulushining tubdan oshishiga oʻzining ijobiy taʼsirini qoʻrsatmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
24-avgust  2020-yil PF-6044-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmon koʻra:

2021-yil 1-yanvardan boshlab litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlari, shu jumladan birlashtirish va xabardor qilish tartibi joriy etilishi yoʻli bilan bekor qilinadi. Xabardor qilish tartibi subyektga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organning qarori talab etilmasligini, biroq uning belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi xabarnoma yuborishi zarurligini anglatadi. Ushbu muvofiqlik hujjatlarni taqdim etish jarayonida, ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bunda BHMning 50%igacha yigʻim undiriladi, qurilish-montaj ishlarini va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar bundan mustasno. Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi oʻz kuchida qoladi – ularning egalari xabarnoma yuborishlariga toʻgʻri kelmaydi.

 

Shuningdek 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

1. ayrim litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi;

2. turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi;

3. quyidagilar bekor qilinadi:

·         kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda – kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

·         dorixonalar filiallari uchun alohida litsenziyalarni rasmiylashtirish amaliyoti, u tashkil etilganda har bir filial manzili asosiy litsenziyada koʻrsatiladi;

·         yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda – talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi;

·         Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanish huquqi;

4. maxsus mobil ilovasi mavjud boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi joriy etiladi, uning yordamida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʻliq onlayn-rejimga oʻtkaziladi. Quyidagilar bundan mustasno:

·         TIF subyektlariga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidan foydalangan holda beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar;

·         davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tartib-taomillar;

5. litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish hamda vakolatli organni xabardor qilish haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda YAIDXP orqali qabul qilinadi;

6. barcha turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnoma qabul qilinganligi va reestrga kiritilganlik haqida xat ularning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi. Tegishincha, ularni maxsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

7. asosiy vakolatli organ mustaqil ravishda qoʻshimcha hujjatlarni oladi yoki “Litsenziya” tizimi orqali boshqa idoralar bilan kelishishni amalga oshiradi, tadbirkorlik subyekti bunda ishtirok etmaydi;

8. quyidagi qonun buzilishlarini aniqlab, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan fuqarolar undirilgan jarimaning 10%i miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

·         tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish;

·         belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari bilan bogʻliq;

·         vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish hamda uning amal qilishini toʻxtatib turish bilan bogʻliq;

9. vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Litsenziatning litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlamagan hollar bundan mustasno;

10. litsenziya daʼvogari xuddi shu sohada boshqa litsenziya berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa, litsenziyalovchi organga faqatgina qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan maʼlumotlarni taqdim etadi.

 

! 2020-yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi. Ularning muddati oʻtganligi munosabati bilan javobgarlikka tortish va boshqa choralarni qoʻllash taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlandi:

·         litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda – litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish;

·         litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan oʻzaro shartnomalarga almashtirish;

·         litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish, ushbu hujjatlarni berish, shuningdek, nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida – tadbirkorlik subyektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.

 

Shubhasiz, mazkur yangi tartiblarning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlarini yanada rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga hamda biznes yuritish boʻyicha xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Boʻka tuman Davlat xizmatlari

markazi boʻlim boshligʻi Dilfuza Axmedova