Янгиликлар
Avtomobilda yoʻlovchi tashishni tartibga solish soddalashtirildi
Avtomobilda yoʻlovchi tashishni tartibga solish soddalashtirildi
“Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxirigacha avtomobilda yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. Bunga qoʻra:
-yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi;
-yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
-litsenziya varaqasi 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
-avtomobilda yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
-yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
-yakka tartibdagi tashuvchilarga yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
-2021-yil 1-sentyabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
-yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
-yakka tartibdagi tashuvchilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydi.
Boʻka tuman Davlat xizmatlari
markazi boʻlim boshligʻi Dilfuza Axmedova