Янгиликлар
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda eksterritorial tamoyili nima?
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda eksterritorial tamoyili nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-martda “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga asosan 2021-yil 1-iyundan eʼtiboran nimalar oʻzgaradi?
Farmonga koʻra, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;
notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi;
davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasi (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda qaytarib berilgan mablagʻlar Agentlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan regress tartibida undirib olinadi;
davlat xizmatini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Bunda, ushbu hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi.