Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

NIKOHNI BEKOR QILISH HAMDA UNDIRILADIGAN DAVLAT BOJI QANCHA ?


NIKOHNI BEKOR QILISH HAMDA UNDIRILADIGAN DAVLAT BOJI QANCHA ?

 

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan nikoh er-xotinning birining arizasi asosida, er-xotinning oʻzaro roziligi asosida, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYO organlarida bekor qilinadi.

Nikoh er-xotinning birining arizasi asosida yaʼni - Er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa, sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra FHDYO organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.

        Er-xotinning oʻzaro roziligi asosida yaʼni mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra FHDYO organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.

        Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYO organida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish toʻgʻrisidagi arizasi asosida amalga oshiriladi.

        Nikohni bekor qilishda davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonunga asosan, nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalari berganlik uchun ariza bergan tarafdan Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida,

Takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.