Янгиликлар
Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi haqida 5 savolga 5 javob...
Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi haqida 5 savolga 5 javob...
Yangiyo’l tuman adliya bo'limi YuXKM bosh yuriskonsulti N.Absalamov January 24, 2023
????Subsidiya kimlarga beriladi?
???? Subsidiya olish maqsadida ariza bilan 18 yoshga toʼlgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin.
???? Subsidiya daromadi yuqori boʼlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
???? Daromadi yuqori boʼlmagan oila deb esa quyidagilar eʼtirof etiladi:
● Qishloqlarda mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan (2 mln 760 ming soʼm) 6,9 baravarigacha (6 mln 348 ming soʼmgacha);
● Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 760 ming soʼm) 8 baravarigacha (7 mln 360 ming soʼmgacha);
● Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 760 ming soʼm) 9,2 baravarigacha (8 mln 464 ming soʼmgacha) boʼlgan oilalar.
????Ipoteka kreditining eng koʼp miqdori qancha?
???? 2023 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʼp miqdori:
➖Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda – 327 mln 250 ming soʼm;
➖Toshkent shahrida – 416 mln 500 ming soʼm.
????Ipoteka kreditining foiz stavkasi qancha va uning qancha miqdori qoplab beriladi?
???? Ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ajratiladi.
➡️ Subsidiyalar:
➖kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – 32 million soʼm;
➖kredit boʼyicha foizning bir qismini qoplash uchun – birinchi 5 yilda 10 foizdan oshgan qismiga toʼlanadi.
????Subsidiya olish uchun qaerga murojaat qilish kerak?
???? Subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelib murojaat etish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) roʼyxatdan oʼtish kerak.
????Qanday hujjatlar talab qilinadi?
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;
➖oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh guvohnomasi, farzandlar tugʼilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari (mavjud boʼlganda);
➖nikoh bekor qilinganligiga oid hujjatlar yoki oilaviy holati toʼgʼrisida FHDYo organlari arxividan maʼlumotnoma;
doimiy roʼyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;
➖doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʼyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi;
➖ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma.
Yuridik markaz boshyuriskonsulti Absalamov Nodirbek . (3-darajali yurist)