Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yurtimizda “Xalqaro nogironlar kuni” nima sababdan nishonlanadi?


Yurtimizda “Xalqaro nogironlar kuni” nima sababdan nishonlanadi?

Bizga maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabri butun dunyoda “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

Mehr-muruvvatli va bagʻrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishni jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan fuqarolarni jamiyatning toʻlaqonli aʼzosiga aylantirish maqsadida:

- nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bir xil imkoniyatlar amal qiladigan inklyuziv jamiyatni barpo etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsh, nogironlikni belgilashning allaqachon eskirgan tibbiy modelidan umumeʼtirof etilgan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish:

- Bundan buyon bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, jamoat transporti, axborot va aloqa vositalarini ishlab chiqarishda nogironligi boʻlgan shaxslarning ulardan hech bir moneliksiz foydalana olishiga birlamchi ahamiyat qaratish:

- Nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlaridagi qamrov hajmini 2 barobar oshirish, hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan 10 ga yaqin shunday markazlarni kengaytirib, zamonaviy tibbiy va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash lozim.

Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, inson qadr-qimmati va shaʼnini ulugʻlash, har bir fuqaro haqida eʼtibor va gʻamxoʻrlik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik biz qurayotgan Yangi Oʻzbekiston jamiyatining hayot qoidasi boʻlib qoladi.

Bugungi kunda respublikada bir necha ixtisoslashgan tashkilotlar Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Koʻzi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Undan tashqari qator ixtisoslashgan fond va jamgʻarmalar ham mavjud.