Янгиликлар
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 may kunidagi 263-sonli “АDVOKАTURА FАOLIYaTIGА ZАMONАVIY АXBOROT-KOMMUNIKАTSIYa TEXNOLOGIYALАRINI KENG JORIY ETISH CHORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА”gi qaroriga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 may kunidagi 263-sonli “АDVOKАTURА FАOLIYaTIGА ZАMONАVIY АXBOROT-KOMMUNIKАTSIYa TEXNOLOGIYALАRINI KENG JORIY ETISH CHORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА”gi qaroriga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab:
a) advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order (keyingi oʼrinlarda — order) maqomiga teng boʼlgan maxsus QR-kod qoʼyilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yoʼlga qoʼyiladi;
Bunda:
advokatlik tuzilmasi tomonidan ishonch bildiruvchi shaxs bilan tuzilgan barcha shartnomalarning faqat rekvizitlari (shartnoma raqami va uning tuzilgan sanasi) toʼgʼridan-toʼgʼri «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi va bu QR-kod qoʼyilgan «Elektron advokatlik orderi»ni olish uchun asos boʼladi;
advokat soʼrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʼrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʼyilgan «Elektron advokatlik orderi» orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi;
b) order muqobillik asosida qogʼoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi;
v) advokat soʼrovi shakliga qoʼyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʼchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
Bekobod shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.B.Norqoʼziev