Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Oʼzbekiston respublikаsi sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Oʼzbekiston respublikаsi sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi

Oʼzbekiston respublikаsi bаndlik vа mehnаt munosаbаtlаri vаzirligi oʼzbekiston respublikаsi moliya vаzirligining qаrori “tibbiyot muаssаsаlаrini moddiy rаgʼbаtlаntirish vа rivojlаntirish jаmgʼаrmаsi toʼgʼrisidаgi nizomni tаsdiqlаsh hаqidа” Oʼzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2023 yil 16 yanvarda roʼyxatdan oʼtkazildi, roʼyxat raqami 3416

 

Nizomga asosan tibbiyot muassasalarini moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va taʼmirlash tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridagi mavjud mablagʼlar qoldigʼi doirasida amalga oshiriladi.

Jamgʼarma mablagʼlaridan foydalanish tibbiyot muassasalarining moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar toʼgʼrisidagi nizom (roʼyxat raqami 1536, 2007 yil 14 yanvarь) asosida tashkil etilgan tibbiy tashkilotlarning moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini tasarruf etish boʼyicha maxsus komissiyaning (keyingi oʼrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʼiga muvofiq amalga oshiriladi.

Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʼiga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi oʼrinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi toʼlovlariga maxsus oylik ustamalar qoʼshimcha tarzda belgilanadi.

Salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million soʼmgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.

Bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda:

Birinchi yil uchun — 1 million soʼmdan;

Ikkinchi yil uchun — 750 ming soʼmdan;

Uchinchi yil uchun — 500 ming soʼmdan maxsus oylik ustamalar belgilanadi.

Bekobod shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Norqoʼziev