Янгиликлар
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisidagi qonunning 5-1-moddasiga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʼl qoʼyilmasligi,
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisidagi qonunning 5-1-moddasiga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʼl qoʼyilmasligi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʼtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi, Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga oʼxshash boʼlishi mumkin emasligi belgilab qoʼyilgan.
Davlat bayrogʼi, gerbi yoxud madhiyasi toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish:
Fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming soʼmgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming soʼmdan 2,1 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;
Takroran sodir etiladigan boʼlsa:
Fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʼmdan 1,5 mln soʼmgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʼmdan 3 mln soʼmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Shuningdek, Davlat bayrogʼi, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:
BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʼmgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bekobod shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.B.norqoʼziev