Янгиликлар
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʼz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʼp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʼlsa quyidagi jazo choralaridan biri qoʼllanilishi mumkin:
BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln soʼmdan 90 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov