Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Markaziy apparatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha boʼlinma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi


Markaziy apparatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha boʼlinma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi

 

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona roʼyxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qoʼmitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspektsiyalar – 11 ta).

 

Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamgʼarmalari mablagʼlari hisobidan qoʼshimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʼmitalar, agentliklar va inspektsiyalarda tarkibiy boʼlinmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.

 

Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat boʼyicha kamida 1/3 nisbatda boʼlishi lozim.

 

Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yoʼnaltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan taʼminlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.

 

Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy boʼlinmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:

 

strategik rejalashtirish va metodologiya;

jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);

inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;

axborot tahlil va ijro intizomi;

murojaatlar;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

va raqamlashtirish;

yuridik taʼminlash;

korruptsiyaga qarshi kurashish;

moliya-iqtisod;

xalqaro hamkorlik va reytinglar;

birinchi boʼlim.

 

Farmonga koʼra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi   Sh.Malikov